Ikki sudyaning vakolati tugatildi
Ikki suya qonuniylikni buzganligi uchun sudyalik vakolati tugatildi. Bu haqda Sudyalar oliy kengashi
matbuot xizmati xabar berdi.
Sudyalar oliy kengashi qaroriga muvofiq:
- Samarqand viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand tuman sudining raisi N. Rajabov — odil sudlovni amalga oshirish chog‘ida qonuniylikni buzganligi uchun va yozma arizasiga asosan;
- Samarqand viloyati Samarqand tumanlararo ma’muriy sudining raisi S. Soliyev — Sudyalar odobi kodeksi talablarini buzganligi uchun lavozimlaridan ozod etilib, sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter