Jinoyat ishi yuritishning barcha bosqichlari elektron shaklga o‘tkaziladi
Prezidentning PF–204-son farmoni bilan «E-tergov» axborot tizimi joriy etiladi va uning asosiy vazifalari belgilab olinadi.
Jumladan:
- jinoyat ishi yurituvining barcha bosqichlarini elektron shaklga o‘tkazish;
- sud ekspertizasini onlayn rejimda tayinlash;
- moddiy zararni hisobga olish va undirish jarayonlarini monitoring qilish.
Bundan tashqari, Huquqni muhofaza qilish akademiyasida 2026/2027 o‘quv yilidan har yilgi qabul parametrlari (kvotalari) doirasida kunduzgi ta’lim shaklida o‘qish muddati 4 yilni tashkil etadigan «Kiberhuquq» bakalavriat ta’lim yo‘nalishi joriy etiladi.
Mazkur Farmon va Strategiyadagi vazifalarning amalga oshirilishini ta’minlash uchun Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta’minlash boshqarmasi negizida Bosh prokuraturaning Raqamli texnologiyalar markazi tashkil etiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter