Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

MIBdan qochgan qarzdor soxta uchrashuvda qo‘lga tushdi

MIBdan qochgan qarzdor soxta uchrashuvda qo‘lga tushdi

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Uchtepa tumanlararo sudi chiqargan hukmga asosan, qarzdor M.O.dan undiruvchi T.M. foydasiga ikki nafar farzandlari voyaga yetguniga qadar har oyda qarzdorning ish haqi va boshqa daromadlaridan 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

MIBning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan mazkur hujjat haqida esa qarzdor otaga xabardor qilingan va ogohlantirib kelingan.

Biroq, qarzdor M.O. davlat ijrochisining talablarini bajarmasdan, tutqich bermay kelgan.

Davlat ijrochisi qarzdorning yashash manzili bo‘yicha bir necha marotaba borganida uning topish imkoniyati bo‘lmaganligi sababli, unga nisbatan rasman qidiruv e’lon qilingan. Qarzdor esa o‘zi qidiruvda ekanligini bilib, uzoq vaqt mobaynida yashirinib kelgan.

Qarzdor, o‘z navbatida, telegram messenjeri orqali sobiq turmush o‘rtog‘i – T.M.ga tungi klublarda dam olayotganligi aks etgan videolarni muntazam yuborib turgan. Bu esa, tabiiyki, undiruvchining g‘azabini keltirgan va MIBdan uni topib, qonuniy chora ko‘rish lozimligini so‘ragan.

Shundan so‘ng, MIB davlat ijrochilari undiruvchi bilan maxsus reja ishlab chiqishgan.

Rejaga ko‘ra, joriy yilning 27 dekabrida soat taxminan 10:15 da qarzdor M.O. undiruvchi T.M. o‘rtasidagi uchrashuv Uchtepa tumanidagi xususiy klinikalardan biriga belgilanib, qarzdor uchrashuvga kelgan paytida, qochishga uringan bo‘lishiga qaramay, darhol qo‘lga olingan.  

Davlat ijrochisi hisob-kitoblarga ko‘ra, qarzdor rasman hech qayerda ishlamasligi sababli aliment qarzdorlik miqdori O‘zbekiston Respublikasi o‘rtacha oylik ish haqi miqdori hamda Oila kodeksining 140-moddasiga asosan hisoblanganda joriy yilning 1 dekabrga qadar jami 113 mln 914 087 so‘m miqdorida qarzdorlik vujudga kelgan.

Qarzdor bir necha marotaba  ogohlantirilganiga qaramay aliment majburiyatini bajarmagani oqibatida davlat ijrochisi tomonidan MJtKning 47-4-moddasi asosida to‘plangan ish hujjatlari JIB Uchtepa tuman sudiga yuborilgan.

Sudning qarori bilan esa, qarzdor ota M.O. huquqbuzarlik sodir etgan deb topilib, unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring