Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Samarqandda Agroinspeksiya xodimi qo‘lga olindi

Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi Samarqand viloyati boshqarmasining yetakchi mutaxassisi tezkor tadbirda qo‘lga olindi.

Xabar qilinishicha, avvalroq Samarqand tumanidagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jalikda o‘tkazilgan o‘rganish jarayonida xo‘jalikning 50 sotix yer maydonini ijaraga olib foydalanayotgan fuqaro tomonidan yerning unumdorligiga zarar yetkazilganligi aniqlangan. Inspeksiya xodimi esa holat bo‘yicha unga nisbatan chora ko‘rmaslik evaziga 3 ming AQSh dollari talab qilib, muqaddam 500 AQSh dollari oladi.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda yetakchi mutaxassis qolgan 2500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi «v» bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoqqa olish» tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring