Ikki oyda xorijga 466,6 mln dollarlik to‘qimachilik mahsulotlari sotildi
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2026-yilning yanvar-fevral oylarida xorijga 466,6 mln AQSh dollarilik to‘qimachilik mahsulotlari eksport qilgan.
Ushbu ko‘rsatkich umumiy eksportning 13,2 foizini tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 15,5 foizga oshgan.
Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibi quyidagicha:
- Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari — 52 foiz
- Ip-kalava — 30 foiz
- Trikotaj mato — 8 foiz
- Gazlamalar — 7 foiz
- Paypoq mahsulotlari — 2 foiz
- Gilamlar — 1 foiz


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter