Kapitalbank Mastercard kartalari Yaponiya, Vengriya va Maldiv orollariga sayohatlar yutib olish imkonini beradi
Kartangiz bilan uchta xaridni to‘lab Tokio, Budapesht yoki Maldiv orollari sohillariga ikki kishilik unutilmas sayohat yutib olishni istaysizmi? Endi Kapitalbank Mastercard Black Edition va Kapitalbank Mastercard World Elite multivalyuta kartalari egalarida ana shunday ajoyib imkoniyat paydo bo‘ldi.
Aksiyada qatnashish uchun 2025-yil 19-dekabrdan 2026-yil 15-yanvargacha kartangiz orqali kamida uchta xaridni to‘lashning o‘zi kifoya. Har bir to‘lov kamida 100 000 so‘m yoki 10 AQSh dollari bo‘lishi kerak. Agar ushbu shartlar bajarilsa, har bir qo‘shimcha xarid bilan g‘alaba qozonish imkoniyati avtomatik ravishda ortadi.
Sovrinlar — ikki kishilik uchta sayohat: Yaponiyaga (2026-yil mart), Maldiv orollariga (2026-yil mart) va Vengriyaga (2026-yil may). Bo‘lajak tadbirlar taqvimi ushbu sayohatlar yanada esda qolarli bo‘lishiga va’da bermoqda. Budapeshtda esa Yevropa futbol klublari o‘rtasidagi eng nufuzli turnir — Yevropa Chempionlar Ligasi finali bo‘lib o‘tadi.
Yutuqli o‘yin natijalari bankning rasmiy veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida e’lon qilinadi. U yerda aksiya ofertasi ham taqdim etilgan. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1340 aloqa markaziga yoki «Kapitalbank»ning istalgan filialiga murojaat qilishingiz mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter