O‘zbekiston importida qaysi mahsulotlar katta ulushga ega ekani aytildi
2025-yil yanvar-sentyabr oylarida O‘zbekistonning import hajmi 33,1 mlrd AQSh dollariga yetgan. Bu ko‘rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 15,6 foizga o‘sgan.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, import tarkibida eng katta ulush mashinalar va transport asbob-uskunalari (33,9 foiz), sanoat tovarlari (15,9 foiz) hamda kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar (12,3 foiz) hisobiga to‘g‘ri keladi.
Import tarkibi quyidagicha:
- Mashinalar va transport asbob-uskunalari — 11,2 mlrd dollar (33,9 foiz);
- Sanoat tovarlari — 5,3 mlrd dollar (15,9 foiz);
- Kimyoviy vositalar va shunga o‘xshash mahsulotlar — 4,1 mlrd dollar (12,3 foiz);
- Xizmatlar — 3,6 mlrd dollar (11 foiz);
- Oziq-ovqat mahsulotlari va tirik hayvonlar — 3,1 mlrd dollar (9,3 foiz);
- Mineral yoqilg‘i, moylash materiallari va shunga o‘xshash — 2,6 mlrd dollar (7,9 foiz);
- Turli xil tayyor buyumlar — 1,2 mlrd dollar (3,7 foiz);
- Nooziq-ovqat xomashyo (yoqilg‘idan tashqari) — 1,1 mlrd dollar (3,3 foiz);
- Hayvon va o‘simliklar moylari (yog‘lari), yog‘lar va mumlar — 387,5 mln dollar (1,2 foiz);
- Ichimliklar va tamaki — 251 mln dollar (0,8 foiz);
- Boshqa tovarlar — 229,7 mln dollar (0,7 foiz).


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter