O‘zbekistonda ilk mikromoliya banki ochildi
O‘zbekistonda ilk mikromoliya banki — “Tayanch” faoliyatini boshladi. Bu haqda Markaziy bank xabar berdi.
Markaziy bank Boshqaruvining 2025-yil 24-oktyabrdagi 27/7-sonli qaroriga asosan, “Tayyab Finance Mikromoliya Tashkiloti” AJga mikromoliya banki sifatida faoliyat yuritish uchun rasmiy litsenziya berildi.
Shu munosabat bilan tashkilot faoliyati endilikda “Tayanch” mikromoliya banki nomi ostida davom ettiriladi. Hozirda tegishli reyestrlarda zarur o‘zgarishlar kiritilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter