Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda noshirlik sohasidagi korxonalar soni oshdi

O‘zbekistonda noshirlik sohasidagi korxonalar soni oshdi

Foto: UzReport

2026-yil 1-fevral holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda nashriyotchilik faoliyati sohasida 2,1 mingta korxona faoliyat yuritmoqda. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi xabar berdi.

Qayd etilishicha, ko‘rsatkich o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 520 taga ko‘paygan. Bu esa noshirlik bozorida yangi ishtirokchilar paydo bo‘layotganini anglatadi.

So‘nggi yillarda korxonalar soni ma’lum darajada o‘zgaruvchan dinamikani namoyon etgan. 2022-yil 1-fevral holatida 1 587 ta korxona qayd etilgan.

2023-yilda bu ko‘rsatkich 1 677 taga yetgan bo‘lsa, 2024-yilda 1 632 taga biroz pasaygan. 2025-yilda esa 1 571 ta korxona faoliyat yuritgan.

2026-yildagi 2 091 ta natija esa sohada keskin o‘sish yuz berganini ko‘rsatadi va avvalgi yillar tendensiyasidan farq qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring