O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 66 mlrd dollardan oshdi
O‘zbekistonning xalqaro zaxiralari 2025 yil yakuniga ko‘ra 25,1 mlrd dollarga o‘sib, 66,3 mlrd dollarga (+61%) yetdi. O‘sishning asosiy sababi jahon bozorlarida oltinning qimmatlashishi bo‘ldi.
O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 2026 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 66,3 milliard dollarga yetdi. Bu 2013 yildan beri butun statistika davridagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.
Zaxiralar hajmi so‘nggi besh oyda yuqori sur’atda o‘sdi. Dekabr oyida zaxiralar yana 5,08 mlrd dollarga (+8,3 foiz), yil boshidan esa 25,1 mlrd dollarga (+61 foiz) oshgan.
Bu ma’lumotlar e’lon qilina boshlangan davrdan buyon qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichdir (2024 yil davomida zaxiralar hajmi 19,1 foizga yoki 6,6 mlrd dollarga oshgan edi).
Eslatib o‘tamiz, 2025 yil boshidan beri oltin narxi qariyb 70 foizga, kumush esa 150 foizdan ortiqqa oshdi. Bunday tezkor o‘sish oxirgi marta 1970-yillar oxirida kuzatilgan edi. Shu bilan birga, kumush nafaqat inqiroz davri aktivi, balki muhim sanoat resursi sifatida ham qimmatlashmoqda. U yarimo‘tkazgichlar, data-markazlar uskunalari va sun’iy intellekt texnologiyalarida keng qo‘llaniladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter