Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlar kiritildi

Illyustrativ foto

Adliya vazirligi Soliq hisoboti shakllariga o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Ushbu hujjatda ayrim qonunchilik hujjatlari qabul qilinganligi munosabati bilan soliq hisoboti shakllarini to‘ldirish bilan bog‘liq bir qator yangiliklar belgilandi.

Yillik aylanmasi 1 mlrd so‘mgacha YTTlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun aylanmadan olinadigan soliq stavkasi 1 foiz etib belgilanganligi bois, bu bo‘yicha hisobotning soddalashtirilgan shakli joriy qilinmoqda.

Tadbirkorlar tomonidan umumiy quvvati 100 kVtgacha bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalangan holda umumiy tarmoqqa elektr energiyasi realizatsiya qilishdan olingan foyda uchun nol soliq stavkasi qo‘llanishi bois, soliq hisobotlarida ushbu masala kiritilmoqda.

Xalq deputatlari kengashlari ijara to‘lovining eng kam stavkalariga nisbatan tumanlar va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishi darajasiga qarab 2,0 gacha oshiruvchi koeffitsiyentni joriy etishga haqli ekanligidan kelib chiqib, jismoniy shaxslar tomonidan mol-mulk ijarasi uchun stavkani to‘ldirish bekor qilinmoqda.

Mazkur hujjat 2026-yil 1-yanvardan kuchga kiradi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring