Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

6 ta davlatdan mutaxassislarni birlashtirib: Buxoroda neft va gaz bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda

6 ta davlatdan mutaxassislarni birlashtirib: Buxoroda neft va gaz bo‘yicha xalqaro musobaqa o‘tkazilmoqda

Bugun qadimiy va doimo navqiron Buxoro shahrida neft va gaz sohasi mutaxassislarining bilim va mahorat sinovi boshlandi. Bu – «Bir makon - bir yo‘l» doirasida kasbiy mahorat bo‘yicha SNPS xalqaro musobaqasi 2025 bo‘lib, u ilk bor O‘zbekistonda o‘tkazilayapti.

Musobaqada O‘zbekiston, Qozog‘iston, Turkmaniston, Niger, Myanma va Benin davlatlaridan jami 9 jamoa ishtirok etmoqda. Ular orasida qit’alarni bog‘lovchi yetakchi energetika kompaniyalari bor: «Asia Gas Pipeline», «CNPCI Turkmenistan», «Bieneu -Shymkent Gas Pipeline», «West African Gas Pipeline Company», «Kazakhstan–China Pipeline & MunaiTas – KazTransOil», «South-East Asia Pipeline», «China Petroleum Engineering & Construction Corporation», «O‘ztransgaz» va albatta «Asia Trans Gas» MChJ — O‘zbekiston va Xitoy hamkorligidagi qo‘shma korxona.

«Buxoro doimo mahorat, ilm va mehnat ramzi bo‘lib kelgan. Shuning uchun ham bu shaharda xalqaro musobaqa o‘tkazilishi biz uchun iftixor va katta mas’uliyat. Bu nafaqat raqobat, balki tajriba almashish va do‘stlik maydonidir,» — dedi Otabek Komilov, «Asia Trans Gas» MChJ QK sining Buxoro Magistral Gaz Quvurlarini Boshqarish Bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari.

Tanlov dasturi oltita yo‘nalishni bo‘yicha bo‘lib o‘tadi, bular:

-Yuk ko‘tarish ishlari musobaqasi

-Elektrotexnika bo‘yicha musobaqa

-Quvurlarni o‘rnatish musobaqasi

-Payvandlash musobaqasi

-Avtomatlashtirish va o‘lchov asboblari bo‘yicha musobaqa

-Katod himoyasi mutaxassislari mahorat musobaqasi.

Kurash asosiy 36 ta medal uchun olib boriladi. Ulardan 8 ta oltin, 12 ta kumush va 16 ta bronza. Shuningdek, «Eng yaxshi tashkilotchi bo‘lim» va «Ilg‘or mehnat fidoyisi» nominatsiyalari bo‘yicha alohida mukofotlar ham beriladi.

«CNPC «Belt and Road» xalqaro musobaqasi mahorat, aniqlik va jamoaviy ruh bayramidir. Haqiqiy professionallik nafaqat bilim, balki tajriba almashishga tayyorlik bilan ham namoyon bo‘ladi. Shuning uchun, har bir ishtirokchi, natijadan qat’i nazar, allaqachon g‘olibdir - axir ular o‘z mamlakatini, kompaniyasi va kasbining eng yaxshi an’analarini namoyish etadilar,» – deya izoh berdi «O‘zbekneftgaz» AJ raisining qurilish va transport bo‘yicha o‘rinbosari G‘ayrat Yuldoshev.

Musobaqa CNPC (Xitoy milliy neft korporatsiyasi) tomonidan «O‘zbekneftegaz» AJ ko‘magi bilan tashkillashtirilgan bo‘lib, «Asia Trans Gas» MChJ QK unga mezbonlik qilmoqda.

Tashkilotchilarning ta’kidlashicha, bunday tadbirlar nafaqat ishtirokchilar malakasini oshiradi, balki mamlakatlar o‘rtasidagi ishonch va do‘stlikni mustahkamlaydi.

«Iqtidorli kadrlar zamonaviy korxonalarni rivojlantirish uchun asosiy resurs hisoblanadi. Malakali xalqaro ishchi kuchini rivojlantirish quvurlarning xavfsiz va barqaror ishlashini ta’minlash uchun juda muhimdir. «Korxonaning asosiy resursi sifatida odamlar» konsepsiyasiga sodiq qolgan holda, CNPC «yuqori malakali kadrlar giganti» loyihasini amalga oshirmoqda, kadrlar tayyorlash tizimini yaratmoqda, rag‘batlantirish mexanizmlarini takomillashtirmoqda, xodimlarni rivojlantirishni kuchaytirmoqda, o‘z hududlarida xorijiy xodimlarning malakasini oshirish dasturini amalga oshirmoqda va quvur operatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash uchun xalqaro va ixtisoslashgan yuqori malakali temir armiyasini yaratmoqda,» - deya ta’kidladi Xu Xumin, CNPC Inson resurslari departamenti bosh direktorining o‘rinbosari.

Tanlov 29-31 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Buxoro Magistral Quvurlar Bosh Boshqarmasi hududida musobaqa uchun maxsus maydonlar qurilgan bo‘lib, ular real ish jarayonlari olib boriladigan maskanlarga maksimal o‘xshash tayyorlangan. Bu ishtirokchilar o‘zlarini real vaziyatda xis qilishlari uchun muhim omil.

Musobaqa shartlari bo‘yicha quvur o‘rnatish ustalari quvurlarni aniq yig‘ish va ulashni amalga oshiradilar, so‘ngra nuqtali payvandlash, geometrik aniqlik va jamoaviy ish muvofiqligini namoyish etadilar. Payvandchilar CNPC standartlari bo‘yicha argonsimon va yarim avtomatik payvandlashda raqobatlashadi, ildiz va qopqoq payvandlarini yuqori sifat va tashqi ko‘rinish talablari bilan bajaradilar. Takelajchilar 25 tonnalik KAMAZ KLINTSY kranini boshqaradi, bu og‘ir yukni aniq ko‘tarish va o‘rnatishni talab qiladi. E’tiborlisi shundaki, uning barqarorligini tekshirish uchun tennis koptoklaridan foydalaniladi.

«Buxoroga borishimizni eshitib quvondim. Ilgari mamlakatingiz to‘g‘risida eshitganman, lekin internetda Buxoro deb qidiruv berganimda bu go‘zal shahar rasmlarini ko‘rib xayratlandim. Chiroyli maskan, mehmondo‘st odamlar. Biz, ishtirokchilar uchun barcha sharoitlar a’lo darajada yaratilgan. Bizni tantanali kutib olishdi. Musobaqa uchun ham barchasi yuqori darajada tashkillashtirilgan. Bugun ochilish marosimidan so‘ng Texnik Xavfsizlik qoidalari to‘g‘risida aloxida ma’lumot berildi. Bugun va ertaga medallar uchun kurashamiz. G‘olib bo‘lmasam ham bunday nufuzli xalqaro musobaqada qatnashishimning o‘zi men uchun g‘alaba!» – deya o‘rtoqlashdi Myanmadan kelgan ishtirokchi Kaung Myat Kyav.

G‘oliblarni tadqirlash va tantanali yopilish marosimi 31 oktyabr kuni bo‘lib o‘tadi. Tadbir nafaqat kasbiy mahorat bahsi, balki O‘zbekistonning xalqaro nufuzi uchun ham muhim ahamiyatga ega. Mamlakatimiz ishonchli hamkor va Markaziy Osiyodagi texnologik va kadrlar tayyorlash markazi sifatida namoyon bo‘lmoqda. Bu musobaqa nafaqat kuchlilar bellashuvi, balki tajriba va insoniy qadriyatlarni bog‘lovchi ko‘prikdir.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring