Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Aholiga mo‘ljallangan suyultirilgan gazni pullagan rahbar va uning sherigi ushlandi

Aholiga mo‘ljallangan suyultirilgan gazni pullagan rahbar va uning sherigi ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti.

Ko‘kdala tumanida aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan suyultirilgan gazni sotayotgan shaxslar ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Ko‘kdala tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda “A.G.S.” MChJ rahbari D.K. fuqaro M.X. bilan o‘zaro til biriktirib, unga aholi va ijtimoiy soha muassasalariga imtiyozli narxlarda yetkazib berilishi lozim bo‘lgan 10 200 kg. suyultirilgan gazni 76,5 mln so‘mga sotishga kelishib, “Kamaz” rusumli gaz tashuvchi yuk avtomashinasiga 10 360 kg. suyultirilgan gazni yuklab bergan vaqtida ushlanib, fuqaro A.F.ning avtomashinasidan 35 mln so‘m va 2 000 AQSh dollari ashyoviy dalil sifatida olingan. 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring