Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qashqadaryoda 5 yoshli qizchani sotishga uringan hamshira qamaldi

Qashqadaryoda 5 yoshli qizchani sotishga uringan hamshira qamaldi

Qashqadaryo viloyati Koson tumanida 5 yoshli qizchani 15 ming dollarga baholab, sotishga uringan hamshiraga sud hukmi o‘qildi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur shaxs avval ham ayni qizaloqni oilasidan olib, boshqa bir kishiga 19 million 700 ming so‘mga boshqa ayolga sotib yuborgan.

Sud tergovida aytilishicha, voqea 2023 yilda sodir bo‘lgan. Tuman tibbiyot birlashmasiga qarashli poliklinikada ishlovchi hamshira ayol 2020 yilda tug‘ilgan qizchani uni dunyoga keltirgan onasi bilan kelishib, Bundan tashqari, u bolani sotib olgan ayolga tug‘ilganlik haqida guvohnoma olib berishini aytib, 2 million so‘m pora olgan.

Oradan 2 yil o‘tib, 2025 yilda hamshira qizchani yana bir marta sotishga uringan. U 60 yoshli erkak bilan til biriktirib, qizni boshqa fuqaroga 15 ming dollarga sotayotgan vaqtda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qo‘lga olingan.

Mazkur ish jinoyat ishlari bo‘yicha Koson tuman sudida ko‘rib chiqildi. Sudning 17 sentyabrdagi hukmiga ko‘ra, hamshira Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismining «a» bandi (Odam savdosi, 18 yoshga to‘lmaganligi aybdorga ayon bo‘lgan shaxsga nisbatan) va 168-moddasi 2-qismining «b» bandida (Bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib sodir etilgan firibgarlik) nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir qilganlikda aybli deb topildi.

U 2 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi va BHMning 30 barobari miqdorida jarimaga tortildi. Uning sherigiga esa yashash uydan chiqish cheklangan holda uch yil muddatga ozodlikdan cheklash jazosi tayinlanib, BHMning 30 barobari miqdorida jarima jazosi berildi.

Ayni paytda qizaloqning ahvoli yaxshi, u Kitob tumanidagi bolalar uyida tarbiyalanmoqda.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring