Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Akademik litsey o‘quvchilariga qo‘shimcha yengillik berilyapti

Akademik litsey o‘quvchilariga qo‘shimcha yengillik berilyapti

Adliya vazirligi O‘rta maxsus ta’lim tashkilotlarida yakuniy davlat attestatsiyasini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomga qo‘shimcha va o‘zgartirishlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi.

Unga ko‘ra, yakuniy attestatsiya sinovlarida  xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy va xalqaro tan olingan sertifikatga ega bo‘lgan o‘quvchilar mazkur fanlardan davlat imtihonlarini topshirmaydi va ularga maksimal ball beriladi.

Yakuniy attestatsiya sinovlarini  3 yil mobaynida ham topshirmagan o‘quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma olish uchun eksternat tartibida yakuniy attestatsiyani topshirish huquqi beriladi.

Yakuniy attestatsiya sinovlarida shikoyatlarni ko‘rib chiqish uchun apellyasiya komissiyasi tuziladi hamda o‘quvchilar davlat imtihoni baholari e’lon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni ichida apellyasiya shikoyati berishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, apellyasiya shikoyatini ko‘rishda o‘quvchilarning davlat imtihoni natijasida olgan ballarini pasaytirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring