Amudaryo orqali dronda olib o‘tilayotgan narkotik ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Chegara qo‘shinlari hamda ichki ishlar organlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik vositalari kontrabandasining oldi olindi.
Tergovga qadar aniqlangan ma’lumotlarga ko‘ra, Afg‘onistonning noma’lum fuqarolari Amudaryo orqali uchuvchisiz uchish apparati yordamida narkotik moddalarni O‘zbekiston hududiga olib o‘tishga uringan.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan ko‘rilgan tezkor choralar natijasida ushbu noqonuniy harakat o‘z vaqtida fosh etildi. Ashyoviy dalil sifatida dronga mahkamlangan 2 kilogramm 32 gramm «opiy» moddasi olib qo‘yildi.
Tezkor tadbir davomida dron orqali amalga oshirilgan kontrabanda urinishi bartaraf etildi va narkotik moddalarning mamlakat hududiga kirib kelishiga yo‘l qo‘yilmadi.
Mazkur holat yuzasidan tegishli moddalar bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter