Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi

Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi

Foto: Toshkent viloyati hokimligi

Bekobod shahriga yangi hokim tayinlandi. 

Bekobod shahrida Xalq deputatlari shahar Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. 

Sessiya ishida Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev shaharni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar va navbatdagi muhim vazifalar yuzasidan tahliliy ma’ruza qildi. 

Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. 

Shahar hokimi lavozimida ishlab kelgan Babayev Nasrulla Nurillayevich egallab turgan lavozimidan ozod etildi. 

Zoyir Mirzayev Bekobod shahar hokimi lavozimiga Ismoilov Narimonjon No‘monovich nomzodini tavsiya qildi. 

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlari tomonidan Narimon Ismoilov Bekobod shahri hokimi etib tasdiqlandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring