Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bekobodda yaroqsiz yog‘ ishlab chiqaruvchi sex fosh bo‘ldi

Bekobodda yaroqsiz yog‘ ishlab chiqaruvchi sex fosh bo‘ldi

Foto: Prokuratura departamenti.

Bekobod tumanida iste’molga yaroqsiz yog‘ ishlab chiqarish sexi fosh etildi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bekobod tumani bo‘limi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan.

Unda fuqaro J.I. (muqaddam sudlangan) “Yoshlik” MFY hududidagi xonadonida chigitdan qo‘lbola usulda yog‘ ishlab chiqarayotganligi aniqlanib, undan 1 200 litr iste’molga yaroqsiz yog‘, 1 200 kg paxta chigiti, moyjuvoz uskunasi va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa tovar moddiy boyliklari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-2-moddasi (chigitdan olinadigan mahsulotni qonunga xilof ravishda ishlab chiqarish yoki muomalaga kiritish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring