Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ekofaol fuqarolar uchun 15 foizli rag‘batlantirish tizimi joriy etildi

Ekofaol fuqarolar uchun 15 foizli rag‘batlantirish tizimi joriy etildi

Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining foto va video huquqbuzarlik faktlarini «Ekonazorat» axborot tizimi va «@ecogovuzbot» – rasmiy-bot sahifasi orqali yuborilgan murojaatlar bo‘yicha undirilgan jarima summasidan 15 foiz miqdorda rag‘batlantirish qo‘llaniladi.

Bu haqda Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi raisi, Maxsus komissiya rahbari Aziz Abduhakimov ma’lum qildi.

«Maxsus komissiya ishlarni davom ettiradi va aholini tezkor xabardor qiladi. Endi navbat sizga! Kameralaringiz himoyamiz quroliga aylansin! Huquqbuzarlikni aniqlang va mukofotingizni oling. Toza havo uchun kurashda birgamiz», – deydi Abduhakimov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring