Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ekologiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi jurnal ish boshladi

Ekologiya va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qiluvchi jurnal ish boshladi

Poytaxtimizda sog‘lom turmush tarzi, ekologik madaniyat va ongli iste’mol g‘oyalarini targ‘ib etishga qaratilgan yangi nashr — “Greenleaf Eco” jurnalining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tdi.

Jurnal zamonaviy o‘quvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ekologik toza mahsulotlar, sog‘lom ovqatlanish, kundalik eko-odatlar, oilaviy budjetni ongli boshqarish, shuningdek ayollar va yoshlar tadbirkorligini qo‘llab-quvvatlashga oid mavzular yoritiladi. Nashr bosma va elektron formatda chiqishi rejalashtirilgan bo‘lib, keng auditoriyani qamrab olishi ko‘zda tutilgan.

Tashkilotchilar ta’kidlashicha, “Greenleaf Eco” jurnali nafaqat mahsulotlar haqida axborot beruvchi oddiy katalog, balki:

• sog‘lom hayot falsafasini targ‘ib etuvchi axborot maydoni;

• ekologik mas’uliyat va ongli iste’mol madaniyatini shakllantiruvchi platforma;

• yoshlar va ayollar uchun motivatsion va amaliy ko‘mak beruvchi nashr bo‘lishi maqsad qilingan.

Jurnal konsepsiyasida O‘zbekiston yoshlari va ayollari faol ishtirok etayotgani alohida ta’kidlandi. Tahririyat jamoasining asosiy qismini yosh mutaxassislar tashkil etib, ular ekologiya, media va tadbirkorlik chorrahasida yangicha qarashlarni taklif qiladilar. Tashkilotchilar fikriga ko‘ra, aynan shu yondashuv jurnalni bozor va o‘quvchilar oldida raqobatbardosh qiladi.

Taqdimot dasturi doirasida jurnalda ko‘tarilgan asosiy yo‘nalishlar – eko-mahsulotlar, sog‘lom turmush tarzi, ekologik ta’lim, oilaviy sog‘liq madaniyati va biznes imkoniyatlari bo‘yicha qisqa taqdimotlar o‘tkaziladi.

“Greenleaf Eco” jurnalining keyingi sonlarida o‘quvchilar uchun turli tanlovlar, aksiyalar va rag‘batlantiruvchi loyihalar e’lon qilinishi rejalashtirilgan. Faol o‘quvchilar va obunachilar qimmatbaho sovg‘alar, eko-mahsulotlar to‘plami hamda boshqa mukofotlar bilan taqdirlanishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring