Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Farg‘onada tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish ochildi

Farg‘onada tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish ochildi

Videodan kadr.

Farg‘onada tuman hokimi o‘rinbosariga nisbatan jinoiy ish ochildi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi. 

Ijtimoiy tarmoqlarda Farg‘ona viloyatida daraxtlarning noqonuniy kesilganligi, ushbu jarayonda tuman hokimi o‘rinbosari Ekologiya qo‘mitasi inspektoriga qarshilik ko‘rsatganligiga oid videoyozuvlar tarqalgan.

Farg‘ona viloyati prokuraturasi tomonidan tegishli idoralar ishtirokida ushbu holat o‘rganildi.

Aniqlanishicha, joriy yilning 25 noyabr kuni Buvayda tumani hokimining qurilish, to‘siqlarsiz muhit yaratish, kommunikatsiya, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari S.X. mansabdor shaxs bo‘la turib, mansab vakolatidan chetga chiqib, Buvayda tumani "Nayman" mahallasidan o‘tgan Nayman zovuri atrofidagi daraxtlarni "D.S." MChJning ishchisi tomonidan kesilayotganligidan xabar topib, uni oldini olish choralarini ko‘rayotgan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasi Buvayda tuman bo‘limi inspektorining qonuniy talablariga faol qarshilik ko‘rsatib, xizmat vazifasidan kechishga majbur qilib, hodisa joyidan olib ketib, davlat va jamoat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazgan.

Mazkur holat yuzasidan S.X. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan chetga chiqish), 219-moddasi 2-qismi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) va 198-moddasi 2-qismi (Ekinzorlarni, o‘rmonlarni, daraxtlarni yoki boshqa o‘simliklarni shikastlantirish yoxud nobud qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Jinoyat ishi tergovi shaxsan Bosh prokuror tomonidan nazoratga olingan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring