Ikki hududda gaz iste’moli uchun ijtimoiy me’yor muddati uzaytirildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida tabiiy gaz uchun isitish mavsumida belgilangan bazaviy me’yor 15 martga qadar uzaytirildi.
“O‘zgidromet” xabariga ko‘ra, Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida mart oyining dastlabki 15 kunida havo haroratining past bo‘lishi kutilayotgani sababli aholini qo‘llab-quvvatlash maqsadida, Prezidentimizning topshirig‘iga asosan, Vazirlar Mahkamasi tomonidan isitish mavsumi uchun belgilangan 500 kub metr bazaviy me’yor ushbu ikki hudud uchun 2026-yilning 15 martigacha uzaytirildi, — deyiladi Energetika vazirligi xabarida.
Avvalroq 1 martdan boshlab qish mavsumida belgilangan ijtimoiy me’yor muddati tugagani ma’lum qilingandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter