Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MAGGI® bilan iliq uy dasturxoni

MAGGI® bilan iliq uy dasturxoni

Toshkent, 28.09.2025 — 28 sentyabr kuni Toshkent shahrining Al-Farg‘oniy mahallasida “MAGGI bilan iliq dasturxon” ijtimoiy loyihasi doirasida ikkinchi xayriya ziyofati bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston xalqining hayotida mahalla har doim o‘zaro yordam, kattalarga hurmat va qo‘shnichilik qadriyatlarini saqlovchi maskan bo‘lib kelgan. Shu sababli Nestlé kompaniyasi Yangihayot tumani hokimligi va mahalla qo‘mitasi bilan hamkorlikda oilalarni bir dasturxon atrofida to‘plab, haqiqiy mehr-iliqlik va birdamlik muhitini yaratdi.

“MAGGI bilan iliq dasturxon” ijtimoiy loyihasi jamoaviy qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan. Loyihaning asosiy maqsadi — oilalarni qo‘llab-quvvatlash, sifatli ovqatlanishga e’tibor qaratish va milliy taomlarimiz boyligini eslatishdir.

“Iliq dasturxon” loyihasi o‘zbek mehmondo‘stligi an’analarini zamonaviy tashabbuslar bilan uyg‘unlashtiradi. Xayriya ziyofatlari ezgu an’anaga aylanib, odamlarni birlashtirishning muhim vositasiga aylanyapti. Jamoalar va ijtimoiy mas’uliyatli kompaniyalar bilan hamkorlik orqali xalqqa amaliy foyda keltiradigan tadbirlarni o‘tkazish mumkin. Bunday tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash orqali — ma’naviy va ma’rifiy ishlar, sport yoki ijtimoiy ko‘mak orqali — biz nafaqat madaniyatimizni, balki hayot tarzimizning asosini: hurmat, g‘amxo‘rlik va insonparvarlikni asrab qolamiz,” — dedi Yangihayot tumani hokimligi Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlanish va ma’naviy-ma’rifat masalalari kotibiyati bosh mutaxassisi Saida Zuxrullayeva.

Bayram dasturxoni atrofida turli avlod vakillari — keksa fuqarolar, bolali oilalar va qo‘shnilar yig‘ildi. Ular birgalikda taomlardan bahramand bo‘lib, katta va do‘stona jamoaning bir qismi ekanini his qilishdi.

“Madaniyatimizda kattalarga hurmat, ochiq ko‘ngillik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash alohida o‘rin egallaydi. Bir dasturxon atrofida birgalikda ovqatlanish — bu shunchaki taomlanish emas, balki insonlar o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash va bir-birimizga iliqlik ulashish imkoniyatidir. Mahalla doimo urf-odatlar va an’analar saqlanadigan markaz bo‘lgan. Mahalla aholisi nomidan tashkilotchilar va hamkorlarga chin dildan minnatdorchilik bildiraman. Biz uchun biznes ham qadriyatlarimizni qo‘llab-quvvatlayotgani juda muhim. Ishonamizki, bu ezgu an’ana boshqa mahallalarda ham davom etadi,” — dedi mahalla qo‘mitasi raisi Nargiza Iskova.

Mehmonlar uchun qiziqarli dastur tayyorlandi: MAGGI mahsulotlari yordamida palov va shurva tayyorlash bo‘yicha mahorat darslari, umumiy ziyofat, shuningdek bolalar va kattalar uchun ko‘ngilochar dam olish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. Bu kun xotiralarda uzoq saqlansin deb qatnashchilarga kichik sovg‘alar va syurprizlar ham taqdim etildi.

“Eng qimmatli jihati shundaki, bu dasturxon atrofida keksalar va ko‘p bolali oilalar yig‘ilgani – chunki ular uchun e’tibor ko‘pincha moddiy yordamdan ham muhimroqdir. Bizning uchun MAGGI hayotning haqiqiy ishtirokchisi bo‘lib, ahamiyatli daqiqalarda insonlar bilan birga bo‘lish juda muhim. Kelgusida yangi mahallalar, yangi tumanlar, yangi oilalarga loyihaning geografiyasini kengaytirishni rejalashtiryapmiz. Bu tashabbus olib kelayotgan illiqlik va qo‘llab-quvvatlashni iloji boricha ko‘proq odamlar his qilishi uchun ishlyamiz», – dedi «Nestlé Food» MChJ bosh direktori Sergey Lisyuk.
Al-Farg‘oniy mahallasi uchun bu tadbir xayr-sadaqa ziyofati bilan birga birdamlik va mehmondo‘stlik ramziga aylandi. U umumiy qadriyatlar zamonaviy davrda ham odamlarni birlashtirishi mumkinligini yana bir bor tasdiqladi. Tashkilotchilar loyiha yanada rivojlanib, yana ko‘proq oilalarni birlashtirishiga ishonch bildirishdi.

Nestlé kompaniyasi haqida

Nestlé — dunyodagi eng yirik oziq-ovqat va ichimliklar ishlab chiqaruvchi kompaniyalardan biri. Kompaniya 188 ta mamlakatda faoliyat yuritadi. Dunyo miqyosida xodimlar soni taxminan 275 ming nafarni tashkil etadi va ularning barchasi— mahsulotlar foydali jihatlarini ochish orqali har bir inson hayoti sifatini oshirish — Nestlé maqsadini qo‘llab-quvvatlashadi.

Nestlé nafaqat odamlar, balki ularning sevimli uy hayvonlari hayotini yaxshilashga qaratilgan keng doiradagi mahsulot va xizmatlarni taklif etadi.

Kompaniya o‘z faoliyatida oziq-ovqat va sog‘lom turmush tarzi sohasidagi chuqur tajribasiga tayanadi.
Nestlé bosh ofisi — Shveysariyaning Veve shahrida joylashgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring