Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Noyabrda bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Noyabrda bizni qanday ob-havo kutmoqda?

Foto: Xabar.uz

Bu yil noyabr oyi qanday bo‘ladi? "O‘zgidromet" bu haqda ma’lumot berdi

3-noyabrdan shimoliy hududlarga, 4-noyabrdan O‘zbekistonning barcha hududlariga sovuq va nam havo massalari kirib kelishni boshlaydi. 3-5 noyabrda respublika viloyatlarining ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda qorga aylanadi. 

4-7-noyabrda havo harorati kechasi 0-3 daraja iliqqacha, ba’zi joylarda sovuqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqqacha asta-sekin pasayadi. 

Keyinchalik noyabr oyining oxirigacha havo harorati kechasi 3 daraja sovuq-2 daraja iliqdan 5-10 daraja iliqqacha, kunduzi 8-13 daraja iliqdan 18-23 daraja iliqqacha o‘zgarib turadi. 

Noyabr oyida o‘rtacha oylik havo harorati me’yordan 1-1.5 daraja past bo‘lishi kutilmoqda, ba’zi joylada me’yorga yaqin bo‘ladi. 

Noyabr oyining ikkinchi va uchinchi o‘n kunligida (2-3 kun) yog‘ingarchilik asosan yomg‘ir ko‘rinishida kutilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring