Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ortiqcha davlat xizmat mashinalari sotuvga chiqariladi

Ortiqcha davlat xizmat mashinalari sotuvga chiqariladi

Prezidentning joriy yil 26-dekabrdagi PF-259-son farmoniga ko‘ra, Hisob palatasi va Davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasi IIV bilan birgalikda uch oy muddatda davlat boshqaruvi va mahalliy davlat hokimiyati organlarining foydalanishda bo‘lgan xizmat avtotransport vositalari xatlovdan o‘tkazadi.

Xatlov natijalariga ko‘ra belgilangan me’yorlar bo‘yicha limitidan ortiqcha bo‘lgan xizmat avtotransport vositalari o‘rnatilgan tartibda sotuvga qo‘yiladi. Amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha esa Palata va Inspeksiya 2026-yil 1-iyunga qadar Prezident Administratsiyasiga axborot kiritishi kerak.

Shuningdek, davlat buyurtmachilari kesimida avtomobil xarid qilish ustidan doimiy nazorat o‘rnatiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring