O‘zbek olimi Xitoy universitetining faxriy professori bo‘ldi
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi akademigi, professor Qahramon Davranovga Xitoy Xalq Respublikasining Shandun qishloq xo‘jaligi va muhandisligi universitetining faxriy professori unvoni berildi.
Q.Davranov mikrobiologiya va biotexnologiya fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan, uning 350 dan ortiq ilmiy maqolalari chop etilgan. Ulardan 150 dan ortig‘i xorijiy mamlakatlarning nufuzli, yuqori impakt faktorga ega bo‘lgan ilmiy jurnallarida nashr qilingan. Ilmiy kashfiyotlari uchun 35 dan ortiq mualliflik guvohnomalari va patentlar olgan, ulardan bittasi Rossiya Federatsiyasining xalqaro patenti (№2835165), yana bittasi Yevroosiyo patenti (№021467) bo‘lib, tuproq unumdorligini oshirish va o‘simliklarni kasalliklardan himoya qilishga qaratilgan. Uning maqolalaridan 950 dan ortiq horijlik olimlar o‘z maqolalarida foydalanganlar.

K.Davranov shu paytgacha 12 nafar fan doktorlariga (5 nafari mikrobiologiya va virusologiya, 4 nafari biotexnologiya, 1 nafari o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi, 1 nafari biokimyo hamda 1 nafari texnika fanlari) va 21 nafar fan nomzodlariga (ulardan 8 nafari biotexnologiya, 7 nafari mikrobiologiya va 5 nafari biokimyo hamda 1 nafara o‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi) ilmiy rahbarlik qilgan.
K.Davranov – mikroorganizmlar asosida yangi biotexnologiyalar yaratishning ilmiy asoslarini ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha o‘z maktabini yaratgan yirik olim.

K.Davranov dunyodagi bir qator nufuzli ilmiy-tadqiqot institutlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Xususan, Kanada Milliy akademiyasining Biotexnologiya instituti, Xayfadagi TEXNION instituti (Isroil), AQShdagi Bioximiya instituti (Filadelfiya shtati), Rossiya Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti, Rossiya Fanlar akademiyasining Biotexnologiya federal markazi, Mikroorganizmlar biokimiyosi va fiziologiyasi instituti, Rossiya medbiosanoati, Oziq-ovqat biotexnologiyasi instituti, Belarus Fanlar akademiyasining Mikrobiologiya instituti, Ukraina Fanlar akademiyasi Mikrobiologiya va virusologiya instituti hamda «Enzim» ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi; Gruziya Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘simliklar fiziologiyasi va biokimyosi instituti, Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universiteti, Chexiya Fanlar akademiyasining Biologiya va organik kimyo instituti, Pragadagi Mikrobiologiya instituti, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining O‘simlik moddalari kimyosi instituti, Bioorganik kimyo instituti, “Genomika va bioinformatika” markazi bilan ilmiy hamkorlik olib bormoqda.
Ilmiy va ilmiy tashkilotchilik ishlar bilan bir qatorda K.Davranov katta pedagogik faoliyat ham olib bormoqda. U, dastlab, o‘rindoshlik asosida Toshkent davlat agrar universitetida professor (1987-2000), “Biotexnologiya” kafedrasining mudiri (2000-2003), 2008 yildan hozirgacha Mirzo Uluzbek nomidagi Milliy universtitetning Biologiya fakulteti, “Mikrobiologiya va biotexnologiya” kafedrasi professori lavozimida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
U eng zamonaviy fanlardan bo‘lgan “Sanoat mikrobiologiyasi”, “Nanobiotexnologiya” , “Mikroorganizmlar biotexnologiyasi”, “Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi” va boshqa sohalarning fundamental ustasi, tashkilotchi, keng miqyosli fikr yurituvchi, mehnatsevar pedagog olim.
Akademik K.Davranovning “Mikroblar dunyosi” (2002, 2023 yilda 2-nashri), “Biotexnologiya: ilmiy, amaliy va uslubiy asoslari” (2008), “Bacillus thuringiensis bakteriyasining qishloq xo‘jaligidagi ahamiyati” (2017), “Teoreticheskiye i prakticheskiye osnovi viщyelachivaniya blagorodnix metallov” (2021), “Ekologiya mikroorganizmov” (2022),”Ekologicheskaya biotexnologiya”(2019) nomli monografiyalari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirligi buyurtmalari asosida tayyorlangan “Oziq-ovqat va ozuqa mahsulotlari biotexnologiyasi” (2017), “Mikrobiologiya va biotexnologiya asoslari” (2013), “Biologik faol va dorivor moddalar biotexnologiyasi” (2018), “Sanoat mikrobiologiyasi” (2013), “Umumiy va texnik mikrobiologiya” (2005), “Nanobiotexnologiya asoslari” (2021), Pedagogicheskiye texnologii v prepodavanii kletochnoy i gennoy injenerii (2021), “Biotexnologiya asoslari” (2017), “Kletochnaya i gennaya injeneriya” (2022), “Biotexnologiya” (2022), Virusologiya (2023), Mikrobiologiya (2023), Nanobiotexnologiya (2025) nomli darslik va o‘quv qo‘llanmalari nashr etilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter