Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekiston birinchi marta dunyodagi mashhur sayohat shoularidan biri — «The Amazing Race» dasturida namoyish etildi

O‘zbekiston birinchi marta dunyodagi mashhur sayohat shoularidan biri — «The Amazing Race» dasturida namoyish etildi

O‘zbekiston turizm salohiyati ilk marta dunyodagi mashhur sayohat shoularidan biri — «The Amazing Race» dasturida namoyish etildi. «Andijon polkasi», karnay-surnay, an’anaviy gilamchilik, quritilgan mevalar, anor sharbati tayyorlash va Tersak qishlog‘i ko‘rsatuv dasturidan o‘rin olgan.

Ishtirokchilar O‘zbekistonda suratga olish tajribasini juda ijobiy baholashdi. Masalan, komediyachi Stif Tisdell mamlakatni «betakror tajriba» deb atab, ajoyib odamlar va manzaralarning go‘zalligini ta’kidladi. Boshqa ishtirokchilar ham Samarqanddagi mehmondo‘stlik va qulay sharoitlarni e’tirof etishdi. Tomoshabinlar ham ushbu epizodlarni iliq kutib olib, O‘zbekistondagi topshiriqlarni mavsumdagi eng qiziqarli sahnalardan biri sifatida qayd etishdi.

2025 yil 18 martdan 25 martgacha davom etgan suratga olish ishlari Turizm qo‘mitasi, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi va Samarqand viloyati hokimligi ko‘magida Urgut tumanidagi Tersak qishlog‘ida olib borildi. Suratga olish jarayonini Next Field International (AQSh) telekompaniyasi tashkil qilgan.

Next Field International bosh direktori Stanislav Solovkin ta’kidlaganidek:

«Shou nihoyatda muvaffaqiyatli bo‘ldi, O‘zbekistonning ishtiroki esa mamlakatning xalqaro miqyosda tanilishiga yangi yo‘l ochdi. Endilikda ko‘plab xorijiy prodyuserlar O‘zbekistonda suratga olish imkoniyatlari bilan qiziqishyapti».

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring