O‘zbekistonda elektromobil savdosi oylik rekordini yangiladi
Sentyabr oyida yengil avtomobillar savdosi 84,6 ming donani tashkil etib, avgust oyiga nisbatan 6,4 foizga kamaydi.
Eng katta pasayish Surxondaryo va Navoiy viloyatlarida, shuningdek, Toshkent shahrida qayd etildi. Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida esa savdo hajmi biroz o‘sgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazining O‘zbekistondagi avtomobil bozori dinamikasi bo‘yicha yangilangan tahlilida qayd etilishicha, o‘tgan oyda 7,8 ming dona elektromobil sotilib, avgust oyiga nisbatan 21,6 foizga ko‘proqni tashkil qilgan. Bu rekord darajadagi ko‘rsatkich hisoblanadi.
Joriy yilning 3-choragida sotilgan yengil elektromobillar soni 20,7 ming donani tashkil etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,2 barobarga o‘sgan.
Bunda eng yuqori o‘sish Toshkent shahri, Toshkent va Samarqand viloyatlarida kuzatilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter