Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish uchun 8 mlrd dollar talab etiladi

O‘zbekistonda energetika sohasini rivojlantirish uchun 8 mlrd dollar talab etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligidagi videoselektor yig‘ilishida energetika sohasidagi mavjud muammolar tanqidiy muhokama qilindi.

Qayd etilishicha, kelgusi o‘n yilda mamlakat energetika infratuzilmasini rivojlantirish uchun 8 milliard dollar investitsiya talab etiladi.

Shu bilan birga, elektr va gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlarni qisqartirish borasida ishlar yetarli emasligi ta’kidlandi. Joriy yilning olti oyida elektr energiyasi yo‘qotishlari 17,2 foiz yoki 4,8 milliard kilovatt-soatni tashkil etgan. Gaz tarmoqlaridagi yo‘qotishlar esa 7,6 foizga, ya’ni 797 million kub metrga yetgan.

Yig‘ilishda «Franklin Templeton» tahlillariga ko‘ra, «Hududiy elektr tarmoqlari» kompaniyasining bozor qiymatini ikki baravarga oshirish imkoniyati mavjudligi qayd etildi. Shuningdek, «Uzbekistan Airways»ning bozor qiymatini 40 foizga, «O‘zbektelekom»nikini esa 50 foizga oshirish salohiyati borligi ta’kidlandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring