Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda tayyor ovqat yetkazib berish xizmati qimmatlashdi

O‘zbekistonda tayyor ovqat yetkazib berish xizmati qimmatlashdi

© Google

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025 yilning noyabr oyida tayyor ovqatlarni yetkazib berish xizmatlari narxlarida o‘sish tendensiyasi kuzatilgan. Xususan, noyabr oyida oktyabr oyiga nisbatan narxlar o‘rtacha 0,5 foizga qimmatlashgan.

Hisobotda qayd etilishicha, mazkur xizmat turi narxlari yil boshidan buyon jami 5,3 foizga oshgan. Eng sezilarli o‘sish sur’ati o‘tgan yilning mos davriga nisbatan taqqoslanganda kuzatilgan bo‘lib, bu ko‘rsatkich 6,4 foizni tashkil etdi.

Noyabr oyidagi oylik qimmatlashish nisbatan past bo‘lsa-da, yil boshidan va yillik kesimda narxlar o‘sishi saqlanib qolgani bozorda narxlarning bosqichma-bosqich ko‘tarilib borayotganini, yillik taqqoslashda esa inflyasiya sur’ati sezilarli ekanini ko‘rsatadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring