Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonliklar Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi

O‘zbekistonliklar Fransiya uzumzorlariga ishga yuboriladi

Foto: Migratsiya agentligi

Migratsiya agentligi, Tashqi ishlar vazirligi va O‘zbekistonning Fransiyadagi elchixonasi vakillaridan iborat delegatsiya Fransiyada mehnat migratsiyasini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvga erishdi.

Qayd etilishicha, Fransiya Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilari federatsiyasi — «FNSEA» bilan uzumzorlarda mavsumiy ishlarga o‘zbekistonliklarni jalb qilish bo‘yicha hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.

Qayd etilishicha, joriy yil yoz oylaridan boshlab pilot loyiha doirasida 50 nafar nomzod ilk bor Fransiyaga ishga yuboriladi. Bu tashabbus mehnat migratsiyasini qonuniy va tizimli shaklda tashkil etishga qaratilgan.

Fransiyada kadr tanlash va bandlikni ta’minlashga ixtisoslashgan «Sélect Recruiting Service» tashkiloti bilan nomzodlarni saralash va ishga joylashtirish bo‘yicha alohida bitim imzolandi.

Shuningdek, «CFA AC Paris» kompaniyasi bilan «ta’lim + ish» formatida hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. Ushbu dastur doirasida restoran sohasida o‘qish va ishlash imkoniyatlari yaratiladi.

Kelishuvlarni amalga oshirish va tashkiliy-huquqiy masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida Fransiyaning bir qator idoralari bilan muzokaralar o‘tkazildi.

Jumladan, Fransiya Tashqi ishlar, Ichki ishlar va Ta’lim vazirliklari, «France Travail» davlat bandlik xizmati, «CCI Île-de-France» savdo-sanoat palatasi hamda «AP-HP» Parij davlat shifoxonalari xizmati bilan hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring