Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

O‘zbekistonliklar eng ko‘p qaysi davlatlarga sayohat qilmoqda?

2026-yilning yanvar–iyun oylarida 3,5 mln nafar O‘zbekiston fuqarosi turistik maqsadlarda chet elga safar qilgan.

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,5 ming nafarga ko‘paygan.

Eng ko‘p tashrif buyurilgan davlatlar orasida Qirg‘iziston 1 mln 547 ming 589 nafar bilan birinchi o‘rinni egalladi. Keyingi o‘rinlarda Qozog‘iston — 667 ming 722 nafar va Tojikiston — 619 ming 515 nafar bilan joylashgan.

Birinchi yarim yillikda Rossiyaga 183 ming 759 nafar, Saudiya Arabistoniga 153 ming 591 nafar, Turkiyaga esa 127 ming 241 nafar O‘zbekiston fuqarosi safar qilgan.

Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklariga 41 ming 780 nafar, Xitoyga 36 ming 502 nafar, Misrga 25 ming 905 nafar va Vetnamga 23 ming 409 nafar turist yo‘l olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring