Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonliklar 6 oyda sartaroshxona va salonlarga 7 trln so‘m sarfladi

O‘zbekistonliklar 6 oyda sartaroshxona va salonlarga 7 trln so‘m sarfladi

2026-yil yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 7,03 trln so‘mni tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahrida qayd etilgan. Poytaxtda ushbu xizmatlar hajmi 1,2 trln so‘mga yetgan. Bu respublikadagi umumiy hajmning qariyb oltidan bir qismini tashkil qiladi.

Keyingi o‘rinlarda Farg‘ona viloyati — 986,7 mlrd so‘m, Samarqand viloyati — 838,7 mlrd so‘m, Namangan viloyati — 745,5 mlrd so‘m va Toshkent viloyati — 729,2 mlrd so‘m bilan joylashgan.

Andijon viloyatida sartaroshxona va go‘zallik salonlari xizmatlari hajmi 461,4 mlrd so‘mni tashkil etgan. Qashqadaryoda bu ko‘rsatkich 440,1 mlrd so‘m bo‘lgan.

Qoraqalpog‘iston Respublikasida 342,3 mlrd so‘m, Xorazm viloyatida 340,4 mlrd so‘m, Buxoro viloyatida 240,7 mlrd so‘mlik xizmat ko‘rsatilgan.

Surxondaryoda xizmatlar hajmi 234,7 mlrd so‘m, Navoiyda 220,9 mlrd so‘m, Jizzaxda 148,1 mlrd so‘m va Sirdaryoda 100,6 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring