Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«O‘zgidromet» xodimi Mudofaa vazirligi yordamida evakuatsiya qilindi

«O‘zgidromet» xodimi Mudofaa vazirligi yordamida evakuatsiya qilindi

Foto: Xabar.uz

«O‘zgidromet» xodimi tog‘dan evakuatsiya qilindi

2025-yil 5-yanvar kuni «O‘zgidromet» agentligining Oygaing qor qo‘chki stansiyasi boshlig‘i R.Ibragimov tibbiy yordamga muhtoj bo‘lganligi sababli Mudofaa vazirligining Harbiy havo kuchlarining qidiruv-qutqaruv ekipaji tomonidan evakuatsiya qilingan. Unga Chirchiq shahridagi tez tibbiy yordam markazida birinchi yordam ko‘rsatilgan. 

Ayni damda xodimning ahvoli yaxshi, malakali shifokorlar nazoratida. O‘zgidromet tomonidan kerakli bo‘lgan yordam ko‘rsatilmoqda. Xodim kerakli bo‘lgan barcha dori-darmonlar va davolanish harajatlari bilan ta’minlangan. 

«O‘zgidromet» agentligi Mudofaa vazirligiga favqulodda vaziyatdagi yordami uchun minnatdorchilik bildirgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring