Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligi maydoni 31,5 ming gektarga kengayadi

Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligi maydoni 31,5 ming gektarga kengayadi

Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan Samarqand viloyatidagi Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligi maydonlarini kengaytirish choralari belgilandi.

Qarorga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Chorvachilik va yaylov xo‘jaligini rivojlantirish agentligi tasarrufida bo‘lgan 31 ming 521 gektar yer maydoni Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligiga doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi.

Hujjatga ko‘ra, mazkur yerlar Payariq tumanidagi «Do‘stlik» va «Xalqobod» massivlarida joylashgan bo‘lib, ular davlat o‘rmon fondi yerlari tarkibiga kiritiladi. Bu orqali hududdagi o‘rmonzorlarni kengaytirish, degradatsiyaga uchragan yerlarni tiklash hamda ekologik barqarorlikni mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Shuningdek, qaror bilan Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasiga bir oy muddatda Payariq davlat o‘rmon xo‘jaligining yangi tuzilmasi va shtatlar jadvalini tasdiqlash uchun Vazirlar Mahkamasiga kiritish vazifasi yuklatildi.

Qaror ijrosi doirasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va yerdan doimiy foydalanish huquqini belgilash ishlari ham amalga oshiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring