Qishki ta’til munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi
Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:
Qo‘shimcha qatnovlar:
- «Toshkent – Samarqand – Toshkent» yo‘nalishida 2025-yilning 26-31-dekabr kunlari hamda 2026yil 4yanvar kuni «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari tashkil etiladi. Jami 14 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
- «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishida 2025-yilning 26-31-dekabr kunlari «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reysi bajariladi.
- «Toshkent – Xiva – Toshkent» yo‘nalishida 2026-yil 12-yanvarga qadar qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda jami 12 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
Qo‘shimcha vagonlar:
«Toshkent – Xiva – Toshkent», «Toshkent – Shovot – Toshkent», «Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent», «Toshkent – Termiz – Toshkent» va «Toshkent – Buxoro – Toshkent» (Sharq poyezdi) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 2026-yil 12-yanvarga qadar har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter