Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qishki ta’til munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qishki ta’til munosabati bilan qo‘shimcha poyezd qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Qishki ta’til davrida yo‘lovchilarning temir yo‘l transporti qatnovlariga bo‘lgan talabini qondirish maqsadida 2025-yil 26-dekabrdan 2026-yil 12-yanvarga qadar bir qator yo‘nalishlarda qo‘shimcha poyezd qatnovlari tashkil etiladi va vagonlar soni oshiriladi:

Qo‘shimcha qatnovlar:

  • «Toshkent – Samarqand – Toshkent» yo‘nalishida 2025-yilning 26-31-dekabr kunlari hamda 2026yil 4yanvar kuni «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovlari tashkil etiladi. Jami 14 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.
  • «Toshkent – Buxoro – Toshkent» yo‘nalishida 2025-yilning 26-31-dekabr kunlari «Afrosiyob» yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdining qo‘shimcha 4 ta reysi bajariladi.
  • «Toshkent – Xiva – Toshkent» yo‘nalishida 2026-yil 12-yanvarga qadar qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Mazkur yo‘nalishda jami 12 ta qo‘shimcha reys amalga oshiriladi.

Qo‘shimcha vagonlar:

«Toshkent – Xiva – Toshkent», «Toshkent – Shovot – Toshkent», «Toshkent – Qo‘ng‘irot – Toshkent», «Toshkent – Termiz – Toshkent» va «Toshkent – Buxoro – Toshkent» (Sharq poyezdi) yo‘nalishlarida harakatlanuvchi poyezdlarga 2026-yil 12-yanvarga qadar har kuni 4 tadan qo‘shimcha vagonlar qo‘shiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring