Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan qanday himoyalash mumkin?

Qishloq xo‘jaligi ekinlarini sovuqdan qanday himoyalash mumkin?

Ayni kunlarda ob-havo haroratining keskin pasayib, sovuq tushishi kuzatilmoqda. Sovuqning qishloq xo‘jaligi ekinlariga salbiy ta’sirini kamaytirish maqsadida Qishloq xo‘jaligi vazirligi va uning tizimidagi ilmiy tadqiqot institutlari olimlari tomonidan to‘qsonbosti usulidagi piyoz va boshqa ekinlarni sovuqdan himoya qilish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi.

Ta’kidlanishicha, ushbu tavsiyalar o‘z vaqtida dehqon va fermerlarga ham yetkazilgan. Shuningdek, tajribali dehqon va fermerlar ko‘p yillik amaliyotlariga asoslangan holda ekinlarni sovuqdan saqlash bo‘yicha zarur choralarni ko‘rmoqda. Bu jarayonda ekinlarning sovuqqa chidamliligiga qarab ularni to‘g‘ri parvarishlash katta ahamiyatga ega.

 Sabzavot ekinlarini sovuqbardoshligiga ko‘ra quyidagi guruhlarga ajratish mumkin:

  • Sovuqbardosh va qishga chidamli ekinlar: piyoz, sarimsoqpiyoz, shovul, rovoch, yerqalampir kabi ekinlar. Ular -10 darajadan -15 darajagacha, qor ostida esa -20 darajadan -25 darajagacha bo‘lgan sovuqqa bardosh berishi mumkin;
  • Qisqa muddatli sovuqdan himoya talab etmaydigan ekinlar: sovuqqa chidamli boshqa sabzavotlar, ular tabiiy sharoitda qattiq sovuqqa ham bardosh bera oladi.

Qisqa muddatli sovuqdan keyingi agrotexnik chora-tadbirlar

Sovuq kunlar o‘tib, ekinlarni «stress» va «shok» holatidan chiqarish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishi lozim:

  • Qo‘shimcha oziqlantirish:

Ekinlarni mikroelementlar va aminokislotalarga boy preparatlar bilan oziqlantirish zarur. Viusid, Biotrac kabi bor elementi mavjud ozuqalarni bargdan oziqlantirish uchun ishlatish yaxshi natija beradi.

  • Azotli o‘g‘itlardan foydalanish:

Ekinlarning o‘sish jarayonini tezlashtirish maqsadida tez ta’sir etuvchi sulfat ammoniya kabi azotli mineral o‘g‘itlardan foydalanish tavsiya etiladi.

  • Issiqlikni saqlash choralari:

Havo harorati past bo‘lsa, ekinlarni egat ustiga shaffof plyonka bilan yopish orqali himoya qilish mumkin.

  • Sug‘orish va tuproq namligini saqlash:

Tuproqdagi namlikni saqlash va sovuq ta’sirini kamaytirish uchun sug‘orishni muntazam amalga oshirish kerak.

Barcha agrotexnik tadbirlar intensiv usulda va qisqa muddat ichida bajarilishi lozim. Bu kabi amaliyotlar nafaqat ekinlarni sovuqdan himoya qilishga yordam beradi, balki hosildorlikni saqlab qolishda ham muhim o‘rin tutadi.

https://gov.uz/oz/agro/news/view/30589

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring