Senatning navbatdagi yalpi majlisi 13 iyun kuni bo‘lib o‘tadi
Oliy Majlis Senati Kengashining navbatdagi majlisida Senatning o‘n oltinchi yalpi majlisini 2026-yil 13-iyun kuni chaqirish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
Ma’lum qilinishicha, yalpi majlis kun tartibidan mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy hayotiga daxldor qator muhim masalalar o‘rin olgan.
Jumladan, sud hokimiyati organlari faoliyatini moliyalashtirish, aholini shovqinning zararli ta’siridan himoya qilish hamda korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini oshirishga qaratilgan qonunlar muhokama etiladi.
Shuningdek, sud mustaqilligi va sudyalar daxlsizligini ta’minlash, ov qilish va ovchilik xo‘jaliklari faoliyatini takomillashtirish, xalqaro moliyaviy munosabatlarga oid qonunlar ham ko‘rib chiqiladi.
Yalpi majlisda pillachilik va ipakchilik sohasini rivojlantirish, ozuqa bazasini mustahkamlash hamda eksport salohiyatini oshirish yuzasidan Vazirlar Mahkamasiga parlament so‘rovi yuborish masalasi ham muhokama qilinishi rejalashtirilgan.
Bundan tashqari, senatorlar Markaziy bankning 2025-yildagi faoliyati to‘g‘risidagi hisobotini eshitadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter