Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«Sirdaryo suv ta’minoti» filiali boshlig‘i tezkor tadbirda ushlandi

«Sirdaryo suv ta’minoti» filiali boshlig‘i tezkor tadbirda ushlandi

Foto: Prokuratura departamenti

«Sirdaryo suv ta’minoti» AJ Boyovut tumani filiali boshlig‘i ushlandi. 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Boyovut tumani bo‘limi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazildi.

Unda «Sirdaryo suv ta’minoti» aksionerlik jamiyatining Boyovut tumani filiali boshlig‘i U.U. va ushbu filialning avariya ta’mirlash xizmati bo‘linmasi brigadiri A.P. (muqaddam sudlangan) o‘zaro til biriktirib, fuqaro D.O.ning muqaddam sotilgan xonadonini ichimlik suvidan bo‘lgan 3,5 mln so‘mlik qarzdorligini 1,8 mln so‘m evaziga yo‘q qilib berishlarini aytib, U.U.ning xizmat xonasida 1,8 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlanganlar.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring