Toshkentning Shahrisabz ko‘chasida ham BRT yo‘lagi tashkil etiladi
Toshkentdagi Shota Rustaveli ko‘chasidagi BRT yo‘lagini Mirobod tumani Shahrisabz ko‘chasi bo‘ylab davom ettirish ishlari boshlanmoqda.
Shu munosabat bilan 2026 yil 24 iyul soat 01:00 dan 9 avgust soat 23:00 gacha Shahrisabz ko‘chasining Shahrisabz–Mirobod–Shota Rustaveli aylanma chorrahasidan Amir Temur shoh ko‘chasi bilan kesishmasigacha bo‘lgan qismida yo‘lni BRT yo‘lagi talablariga moslashtirish bo‘yicha qurilish-ta’mirlash ishlari olib boriladi.
Ishlar davomida mazkur yo‘l qismi transport vositalari harakati uchun to‘liq yopilmaydi. Qurilish-ta’mirlash ishlari yo‘lning markazidagi 4 ta harakatlanish tasmasida amalga oshiriladi.
Shu vaqt davomida har ikki yo‘nalishda yo‘lning o‘ng chekkasidagi ikkita harakatlanish tasmasida transport vositalari harakati davom etadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter