Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yirik korxonalar o‘z ishchilari uchun quruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uylar sotib olishi mumkin bo‘ladi

Yirik korxonalar o‘z ishchilari uchun quruvchidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri uylar sotib olishi mumkin bo‘ladi

Foto: Xabar.uz

O‘zbekistonda uy-joy bozori uchun yangi model — korporativ buyurtma mexanizmi yo‘lga qo‘yiladi. Yirik korxonalar o‘z xodimlari uchun uylarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xarid qilishi 2026-yildan boshlab davlat tomonidan rag‘batlantiriladi.

Aholi uy-joy xaridi hozirgacha asosan individual ipoteka va shaxsiy mablag‘larga tayanib kelgan edi.

Korporativ buyurtma esa bozor uchun mutlaqo yangi segment bo‘lib, ishlab chiqarish korxonalari orqali:

  • barqaror va kafolatli talab shakllanadi;
  • ishchilar uchun uy-joyga ega bo‘lish shartlari yengillashadi;
  • korxonalar uchun kadrlar barqarorligi kuchayadi.

Prezident ushbu amaliyotni qo‘llab-quvvatlab, 2026-yildan korxonalar uchun maxsus soliq, kredit va subsidiya mexanizmlari ishlab chiqilishini ta’kidladi. Tizim butun respublika bo‘ylab bosqichma-bosqich joriy etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring