YPX inspektoriga pora berayotgan haydovchi qo‘lga olindi
                                                                    
                            Buxoroda qalbaki guvohnoma bilan qo‘lga olingan haydovchi yo‘l-patrul xizmati inspektoriga pora berib, qutilib qolmoqchi bo‘ldi. Biroq, uning harakatlariga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda «Xabar.uz»ga Buxoro viloyati IIB JXX YHXB Axborot xizmati boshlig‘i Umid Barakayev ma’lum qildi.
Ta’kidlanishicha, Jondor tumani yo‘l-patrul xizmati inspektori nazorat tadbirini o‘tkazayotganda, yo‘lda harakatlanib kelayotgan transport vositasini to‘xtatgan. Haydovchi o‘zini Qorako‘l tumanida yashovchi F.I., deb tanishtirgan. Transport vositasida tekshiruv o‘tkazilganda, fuqaro tomonidan taqdim etilgan haydovchilik guvohnomasining haqiqiy emasligi aniqlangan.
- Yo‘l harakati qoidalariga ko‘ra, nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi mumkin emas. Shu bois, inspektor tomonidan mazkur holat yuzasidan MJKning 135-moddasi (Yo‘l harakati qoidalarida nazarda tutilgan hujjatlari bo‘lmagan shaxslarning transport vositalarini boshqarishi)2-qismi asosida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan. Avtomobil esa belgilangan tartibda jarima maydonchasiga joylashtirilgan,-deydi Umid Barakayev.
Jarima maydonida fuqaro inspektorni holat yuzasidan tergovga xabardor qilmaslik va avtomashinani qaytarib berish evaziga unga 200 AQSh dollari pora taklif qilgan. Yo‘l harakati xavfsizligi xodimining fuqaroni takror-takror ta’kidlashicha, va hatto, “xatti-harakatingizga qonuniy javobgarlik qo‘llanilishi mumkin”,-deya ogohlantirishiga qaramay, qalbaki guvohnoma egasi pora berishga urinavergan.
Zudlik bilan Buxoro viloyati IIB shaxsiy xavfsizlik bo‘limi va tegishli organlar bilan hamkorlikda tezkor tadbir uyushtirilgan. Unda 200 AQSh dollarini pora sifatida inspektorga bermoqchi bo‘lgan paytda haydovchi qo‘lga olingan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 211-moddasi 1-qismi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.
                            
                            
                            
                    
                    
                    
                    
                    

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter