YPX xodimini kapot ustidan sudragan haydovchiga jinoyat ishi ochildi
                                                            Toshkent shahrida YPX xodimini avtomobil kapoti ustida sudrab ketgan yigitga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi. Qoidabuzarga Jinoyat kodeksining 219-moddasi (Hokimiyat vakiliga yoki fuqaroviy burchini bajarayotgan shaxsga qarshilik ko‘rsatish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Surishtiruvlar davomida aniqlanishicha, 2001 yilda tug‘ilgan haydovchining avtomobilida jami 144 marotaba qoidabuzarlik sodir etilgan. Shulardan 38 tasining muddati o‘tgan, 30 tasi esa MIB organlariga o‘tkazilgan bo‘lib, umumiy qarzdorlik summasi 18.090.000 (o‘n sakkiz million to‘qson ming) so‘m ekanligi ma’lum bo‘ldi.
                            
                            
                            
                    
                    
                    
                    
                    

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter