Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tadi

Madaniyat va san’at sohasida ochiq muloqotlar bo‘lib o‘tadi

Foto: Madaniyat vazirligi

O‘zbekistonda madaniyat va san’at sohasini tubdan isloh qilishga qaratilgan ochiq muloqotlar mavsumi boshlanmoqda. Prezident topshirig‘iga muvofiq tashkil etilayotgan ushbu uchrashuvlarda soha vakillari, ijodkorlar va tadbirkorlar ishtirok etadi.

Mazkur muloqotlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Madaniyat vazirligi rahbariyati ishtirokida o‘tkaziladi. Uchrashuvlarda vazir Ozodbek Nazarbekov ham qatnashishi belgilangan.

Tadbirlar 2026-yil 20–25-aprel kunlari alohida tasdiqlangan jadval asosida tashkil etiladi. Unda sohadagi dolzarb muammolarni muhokama qilish va yechimlar ishlab chiqish maqsad qilingan.

Ochiq muloqotlar keng qamrovli yo‘nalishlarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, kino va animatsiya, teatr va sirk, adabiy ijod, musiqa va raqs sohalari alohida muhokama qilinadi. Shuningdek, hunarmandchilik, muzeylar, arxeologiya va bolalar kontenti kabi yo‘nalishlar ham kun tartibidan joy olgan.

Muloqotda ishtirok etish uchun @mv_ochiqmuloqot_bot boti orqali ro‘yxatdan o‘tiladi. Ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolar belgilangan jadval asosida uchrashuvda qatnashishlari mumkin bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring