O‘zbek shoirining kitobi Qozog‘istonda taqdimot qilindi (fotoreportaj)
2026-yilning 30-mart kuni Qozog‘iston Respublikasining Olmaota shahridagi Jambil nomli kutubxonada O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, "Do‘stlik" ordeni sohibi, taniqli shoir Shuhrat Orifning qozoq tilida nashr etilgan "Keshіkken samaldar” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda ijodkorlar, olimlar, kitobxonlar va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Tadbirni Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir va faylasuf, TURKSOY bosh kotibining maslahatchisi, kitobning qozoq tiliga tarjimoni Muratxan Shoqon olib bordi.

Taqdimot marosimida Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Qosimxan Begmanov, O‘zbekiston Respublikasining Olma-ota shahridagi bosh konsuli Ravshanbek Matchanov, Qozog‘iston Yozuvchilar uyushmasi She’riyat kengashi raisi Adilg‘azi Qayirbekov, "Ona tili" gazetasi bosh muharriri Yerlan Junus va boshqalar so‘zga chiqib, muallifning bu kitobi o‘zbek va qozoq xalqlarining adabiy hamkorligi rivojiga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Taqdimot adabiyot bayramiga aylanib ketdi. Talabalar Shuhrat Orif she’rlaridan ifodali o‘qishdi. Bastakor Murat Shirzad tomonidan kuylar ijro qilindi. Qozoq ijodkorlari o‘zbek shoirining yangi kitobi taqdimoti azaldan ikki elning shoirlari o‘rtasida mavjud bo‘lgan do‘stlik an’analari bugun ham davom etayotganining namoyishi ekanini bildirishdi.



Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter