Qozog‘istonda yangi tahrirdagi Konstitutsiya qabul qilindi
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatning yangi Konstitutsiyasini imzoladi. Shuningdek, u yangi Asosiy qonunni amalga oshirish bo‘yicha alohida farmonni ham tasdiqladi.
Yangi Konstitutsiya 2026-yil 15-mart kuni o‘tkazilgan referendum natijalari asosida qabul qilingan. Ovoz berishda qatnashganlarning 86,7 foizi yangi tahrirni qo‘llab-quvvatlagan, saylovchilar faolligi esa 75,3 foizni tashkil etgan.
Endi 15-mart Qozog‘istonda har yili Konstitutsiya kuni sifatida nishonlanadi.
Prezident To‘qayevning ta’kidlashicha, Asosiy qonunni yangilash g‘oyasi ikki yil avval paydo bo‘lgan va keng jamoatchilik muhokamasidan so‘ng ishlab chiqilgan.
Mamlakatda yangi Konstitutsiya 2026-yil 1-iyuldan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayevni yangi tahrirdagi Konstitutsiya loyihasi bo‘yicha referendum muvaffaqiyatli o‘tkazilgani bilan samimiy tabriklagan edi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter