Nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomi belgilandi
Joriy yil 3-noyabrdagi O‘RQ–1093-son qonun bilan «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi.
Mazkur qonunga muvofiq, «Noshirlik faoliyati to‘g‘risida»gi Qonunga quyidagilarga qaratilgan qo‘shimchalar va o‘zgartirish kiritildi:
- nashriyot bosh muharririning huquqiy maqomini belgilash;
- kitobxonlik madaniyatini rag‘batlantirish.
Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, bosh muharrir lavozimiga oliy ma’lumotga va noshirlik faoliyatida kamida 3 yil ish stajiga ega bo‘lgan shaxs tayinlanadi.
Bosh muharrir tashkilotning muassisi (muassislari) yoki rahbari tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimidan ozod qilinadi.
Nashriyot nashrlarini chiqarish to‘g‘risidagi qaror bosh muharrir tomonidan qabul qilinadi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter