Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Olimlar tamaki haqidagi mashhur mifni rad etdi

Olimlar tamaki haqidagi mashhur mifni rad etdi

Jons Xopkins universiteti tadqiqotchilari tamaki iste’moli haqida keng tarqalgan mifni inkor etuvchi yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Unga ko‘ra, sigaretalar sonini kamaytirish inson sog‘lig‘iga yetadigan zararni kamaytirmaydi.

Tadqiqot PLOS Medicine jurnalida chop etilgan bo‘lib, unda har kuni 2–5 ta sigareta chekish ham yurak-qon tomir kasalliklari xavfini 50 foizga oshirishini ko‘rsatgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, hatto «faqat bayramlarda» yoki «qiziqqan paytda» chekiladigan kam miqdordagi tamaki ham o‘lim xavfini sezilarli darajada oshiradi. Ya’ni, haftada bir necha marta yoki faqat stress paytida chekish ham xavfsiz emas.

Tadqiqot mualliflari yoshlikdayoq bu odatni to‘liq tark etish zarurligini ta’kidlamoqda. Ularga ko‘ra, organizmning tiklanish qobiliyati faqat tamakidan to‘liq voz kechilgandagina ishlaydi va bu insonning keyingi hayotida sog‘lom qolish ehtimolini oshiradi.

«Kam sigareta cheksam, zarari kamayadi» degan fikrda bo‘lsa, bu – xato. Haqiqiy himoyaning yagona yo‘li – tamakini butunlay to‘xtatish», – deya ta’kidlaydi mutaxassislar.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring