Andijonda 15 nafar talaba universitet oshxonasidagi ovqatdan zaharlandi
Ijtimoiy tarmoqda Qo‘qon universitetining Andijon filialida 40dan ortiq talaba ovqatdan zaharlanganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Andijon viloyati prokuraturasi vaziyatga izoh berdi.
Aniqlanishicha, joriy yilning 5-may kuni Qo‘qon universiteti Andijon filialining 15 nafar talabasi universitetning oshxonasida ovqatlanib, ommaviy zaharlangan va shifoxonaga yotqizilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tekshiruv harakatlarining borishi viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, yakuniga ko‘ra qonuniy qaror qabul qilinishi ta’minlanadi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter